Yangiliklar

Xitoyning JA Solar kompaniyasi O‘zbekistondagi ACWA Power loyihalari uchun uskunalar yetkazib berdi

Kompaniyalar oldin ham birgalikda ishlashgan
Foto: PRNewswire

Xitoyning JA Solar kompaniyasi O‘zbekistonda quyosh elektr stansiyalarini qurish loyihalarini amalga oshirayotgan ACWA Power kompaniyasi uchun fotoelektr modullarni yetkazib berishni yakunladi.

Eslatib o‘tamiz, bundan uch yil avval Xitoy kompaniyasi ACWA Power kompaniyasiga Navoiy viloyatidagi quyosh elektr stansiyasi uchun uskunalar yetkazib bergan edi.

«Biz O‘zbekistonni 2050-yilga borib karbonat angidrid chiqindilarini nolga tenglashtirish maqsadiga erishishda qo‘llab-quvvatlagan holda mahalliy bozorga yanada ilg‘or fotoelektr texnologiyalar va mahsulotlarni olib chiqishga umid qilamiz», — dedi JA Solar ijrochi prezidenti Aiqing Yang.

O‘tgan yilning kuzida ACWA Power Markaziy Osiyo mintaqasida, xususan, O‘zbekistonda o‘z faoliyatini kengaytirishi haqida e’lon qilgan edi. Energetika kompaniyasining mamlakatimizdagi loyiha portfeli 2022-yilda 12 mlrd dollarga baholandi.

Avvalroq, «Kursiv» ACWA Power va Xitoyning PowerChina kompaniyalari O‘zbekistonda sof vodorod ishlab chiqaruvchi zavod qurishni boshlagani haqida xabar bergan edi.