Yangi yilning birinchi ish kunida dollar 7 so‘mga arzonlashdi
eʼlon qilindi
Uning qiymati 12 345,12 so‘mni tashkil qildi
3-yanvar kuni O‘zbekiston valyuta birjasida dollarni qiymati 12 345,12 so‘mni tashkil qildi. Uning kursi 7,74 so‘mga pasaydi.
Bugun respublikaning tijorat banklari AQSh valyutasini 12 290 – 12 340 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 370 – 12 415 so‘mdan sotishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yil davomida O‘zbekiston valyutasi AQSh dollariga nisbatan deyarli 10 foizga arzonlashdi.