“Yuksalish” xalqaro tashkilotga aylandi

«Yuksalish» umummilliy harakati xalqaro tashkilot sifatida ro‘yxatdan o‘tdi.
Harakat O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida fuqarolar, davlat va jamoat arboblari, xususiy sektor, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, xorijdagi vatandoshlarni ixtiyoriylik asosida birlashtiradi.
2024-yildan boshlab «Yuksalish» xalqaro tashkilot sifatida Markaziy Osiyo davlatlari va rivojlangan davlatlarning jamoat institutlari, «aql markazlari» va siyosiy doiralari bilan aloqalarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, muloqot maydoni yaratish ustida ish olib borishni rejalashtirmoqda.
Avvalroq, «Yuksalish» OAV vakillari, ekspertlar va tadbirkorlar o‘rtasida ularning 2024-yilga nimani kutishlari haqida so‘rov o‘tkazgan edi.