1-apreldan energetik ichimliklar va gazlangan ichimliklar uchun aksiz solig‘i joriy etiladi
O‘zbekiston qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, joriy yilning 1-aprelidan energetik va shirin gazlangan ichimliklarga aksiz solig‘i joriy etiladi.
Energetik ichimliklar va tonik ichimliklar uchun aksiz solig‘i litri uchun 2 ming so‘m, gazlangan ichimliklar uchun 500 so‘mni tashkil etadi.
O‘tgan yilning dekabr oyida Pepsi O‘zbekistonda o‘sha vaqtda rejalashtirilgan aksiz solig‘i joriy etilishi munosabati bilan ikkita zavod qurilishi to‘xtatilganini ma’lum qilgan edi.
O‘z navbatida, Salomatlik va strategik rivojlanish instituti rahbari Nodira Alixonova yangi aksiz so‘liq o‘zbekistonlik yosh fuqarolarning salomatligi va ovqatlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladi.
Avvalroq, «Kursiv» o‘zbek Pepsisida zararli bakteriyalar topilgani haqida yozgan edi.