Bojxonachilar tomonidan umumiy qiymati 1,3 mlrd so‘mlik elektron sigaretalar musodara qilindi
eʼlon qilindi
Elektron sigaretlarni Toshkent yaqinida topishgan
Toshkent viloyatida 1,3 mlrd so‘mlik 9,6 ming dona elektron sigaretalar olib kirilishining oldini olishdi. Bu haqda bojxona boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Hujjatlarga ko’ra, mahsulot nikotinsiz sifatida ko‘rsatilgan. Ammo, bojxonachilar qadoqni ko‘zdan kechirib, mahsulotlarda nikotin borligini aniqlashdi.
Bundan tashqari, 390 dona elektron tamaki mahsulotlari bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan.
Shu tariqa yetkazib beruvchi 280 mln so‘m bojxona aksiz solig‘ini to‘lamaslikka harakat qilgan.
Avvalroq, «Kursiv» Toshkentda 677 mln so‘mlik sigaretalar musodara qilingani haqida e’lon qilgan edi.