Erondagi voqealar neft narxining oshishiga olib keldi
eʼlon qilindi
Brent va WTI narxlari 3%ga ko‘tarildi

Eronning Kirmon shahrida general Qosim Sulaymoniy qabrida sodir bo‘lgan portlashlar jahon bozorida neft narxining oshishiga olib keldi, deb xabar berdi Interfaks agentligi.
Bir kechada Brent nefti fyucherslari narxi 3,15%ga oshib, bir barrel uchun 78,28 dollarni tashkil qildi.
West Texas Intermediate (WTI) nefti bir barrel uchun 72,71 dollardan sotildi. O‘sish 3,31% tashkil etdi.
Avvalroq, «Kursiv» Kirmon shahrida general Sulaymoniy qabrida portlashlar sodir bo‘lganligi haqida e’lon qilgan edi. Bu hodisada kamida 103 kishi vafot etgan.