NYT: 2024-yilda butun dunyo bo’ylab deyarli 16 mln avtomobil sotishmoqchi
Avtomobil sanoatining o‘sishi 2024-yilda sekinlashadi. Jami 15,7 mln dona avtomobil sotiladi, deb yozadi The New York Times (NYT) ekspertlarning hisob-kitoblariga tayanib.
O’tgan 2023-yil global avtomobil ishlab chiqaruvchilar uchun juda muvaffaqiyatli bo‘ldi. Savdoni 12%ga oshirish uddalandi: 15,5 mln avtomobil sotilgan. Shunday qilib, keyingi 12 oy ichida sanoat o‘sishda davom etadi, lekin avvalgidek tez sur’atlarda emas.
«Odamlar xarid qilishni bir muncha vaqt to’xtatib qo’ygani uchun, shubhasiz, talab pasaygan. Ammo kreditlashni hisobga olsak, bu yil sanoatda sezilarli o‘sish kuzatilmaydi, deb o‘ylaymiz», — dedi Edmunds onlayn avtomobil platformasi tadqiqot bo‘limi boshlig‘i Jessika Kolduell.
Avtomobillar savdosi o’sishining sekinlashishiga yuqori narxlar ham ta’sir qiladi, deb ta’kidladi NYT.
Avvalroq, «Kursiv» Tailand elektromobillar ishlab chiqarish bo‘yicha jahon markaziga aylanishi niyatida deb xabar bergan edi.