Yangiliklar

O‘zbekistonda eski ToshMI’dagi tibbiyot akademiyasining buzilishi haqidagi xabarlarni rad etishdi

Bino madaniy meros ob‘ekti hisoblanadi
Foto: Madaniy meros Agentligi

Uznetda eski ToshMI hududidagi tarixiy binoning buzilishi haqidagi ma’lumotlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi, deb ta’kidladi Madaniy meros agentligi.

Bungacha Uznetda uning buzilishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Bino XIX-asrda qurilgan. Oldin, u Toshkent kadet korpusiga tegishli edi va 1900-yildan 1918-yilgacha korpus faoliyat ko‘rsatgan. Hozirigi kunda bu yerda poytaxt tibbiyot akademiyasi joylashgan.

Agentlik bino madaniy meros ob‘ekti ekanligini ta’kidladi. Bundan tashqari, kafedra xodimlari tomonidan akademiyadagi qurilish va ta’mirlash ishlari qayd etilmagan.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda bir yil ichida yuzdan ortiq yangi arxeologik yodgorliklar topilgani haqida xabar bergan edi.