Qozog‘istonda 2024-2025-yillarda 5,5 ming sayg‘oq ilmiy maqsadlarda tutib olib kelinadi. Bu haqda Ekologiya va tabiiy resurslar vazirligining buyrug‘i loyihasida aytildi.
Eng koʻp toʻrt oyoqli hayvonlarni Qaragʻanda va Qostanay viloyatlarida – har birida 1,2 mingta saygʻoq ovlash rejalashtirilgan. Shuningdek, G‘arbiy Qozog‘iston viloyatida 1,1 mingtasi tutiladi. Qozog’istonning boshqa hududlarida juft tuyoqliklar ovlash limiti ancha past – beshdan 285 gacha.
Hujjat hozirda muhokamaga taqdim etildi, muhokama 12-yanvarda yakunlanadi.
Avvalroq, mamlakat Ekologiya vazirligi 2023-yilda Uralning 20 %ni va Betpaqdala populyatsiyasi 15%ni, jami 338 mingga yaqin sayg‘oqni otib tashlashga qaror qilgan edi. Har yili bu turning sonini shu tarzda kuzatib borish rejalashtirilgan.
Bir hafta oldin, Gollivud aktyori Leonardo Di Kaprio o‘zining Instagram’dagi sahifasida qozog‘istonliklarni sayg‘oqlar soni ko‘paygani bilan tabriklagan edi.