Shota Rustaveli ko’chasini qanday rekonstruksiya qilishni rejalashtirishmoqda – fotolavha

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Grand Mir mehmonxonasi yaqinidagi aylanma yo‘lni olib tashlashni rejalashtirmoqda
Foto: X/ @IskandarSoliev

Shaharshunos Iskandar Soliyev poytaxtning Shota Rustaveli ko‘chasini rekonstruksiya qilish bo‘yicha tajriba loyihasining konseptual dizaynini namoyish qildi. Oʻzgartirishlarga koʻra, «Grand Mir» mehmonxonasidagi aylanma yoʻlni olib tashlash va uning oʻrniga X shaklidagi koʻchalar chorrahasini tashkil qilish rejalashtirilgan.

Soliyevning soʻzlariga koʻra, «Toshkent – Kam uglerodli avtotransportga investitsiyalar jalb etishni jadallashtirish (TAILEV)» jamoasi, Transport vazirligi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi Vakolatxonasi hamkorligida qilishmoqda. Soliyevning o’zi ham shu jamoadan.

«Bu konsept loyihada biz faqat yo’l qismida o’zgarishlarni ko’zda tutadigan rekosnstruksiya konsept-dizaynini ishlab chiqqanmiz»— deb yozdi shaharshunos.

Rekonstruksiyadan so‘ng avtobus yo‘laklari yo‘lning qolgan qismidan ajratiladi va eng chap yolakda harakatlanadi. Avtobus bekatlari yo‘laklar orasidagi markazda joylashtiriladi.

Yoʻnalish boʻylab veloyo‘laklar quriladi, bufer zonada esa pullik toʻxtash joylari, yashil orollar va yomgʻir bogʻlari barpo etiladi. Barcha piyodalar o‘tish joylari svetoforlar bilan tartibga solinadi, yo‘lda «yashil to‘lqin» tizimi joriy etiladi.

Ishlab chiqilgan loyiha va texnik-iqtisodiy asoslash Toshkent shahar hokimligiga topshirildi.

Shuningdek