Yangiliklar

Rieltorlarning daromadlarini inflyatsiya “yeb ketdi”

Bu haqda Statistika agentligi maʼlumotlarida bayon etilgan
Foto: bioraven /www.depositphotos.com

2023-yilning to‘qqiz oyida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 6,4 mlrd so‘mlik rieltorlik xizmatlari ko‘rsatildi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

2022-yilga nisbatan bu ko‘rsatkich atigi 5,4%ga oshgan. Shu bilan birga, o‘tgan yilning yanvar-sentabr oylari uchun inflyatsiya darajasi Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra 9,2%ni tashkil etadi.

Avvalroq, «Kursiv» Toshkentda kvartiralar ijarasi 6%ga arzonlashgani haqida yozgan edi.