O‘zbekiston Energetika vazirligi «Xabar.uz» so‘roviga javoban xususiy yoqilg‘i quyish shoxobchalarida AI-80 narxini cheklash bo‘yicha qo‘llanilayotgan chora-tadbirlarni sanab o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda O‘zbekistonda AI-80 uchun nol aksiz stavkasi bekor qilingan, shu munosabat bilan UNG Petro yoqilg‘i quyish shoxobchalarida ushbu yoqilg‘ining bir litri narxi 6,8 ming so‘mga ko‘tarilgan edi.
Xususiy yoqilg‘i quyish shoxobchalarida narxlarning oshishiga yo‘l qo’ymaslik uchun bir nechta g‘oyalar taklif qilindi. Birinchidan, ushbu yoqilg‘ining maksimal narxini belgilash rejalashtirilgan.
Gaz quyish shoxobchalarida bir kubometr gazning maksimal narxi 3,25 ming so‘m etib belgilanganidek, AI-80 benzini ham ma’lum narxda sotiladi”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Bundan tashqari, gaz quyish shoxobchalari sonini ko‘paytirish ishlari olib borilmoqda.
«Ularning faoliyatiga nisbatan qo‘llanilayotgan cheklovlar imkon qadar kamaytiriladi. Masalan, bu yil faqat maʼlum muddat gaz zapravkalarining ish soati cheklandi xolos. Birorta ham zapravka to‘liq yopib qo‘yilmadi» — deyiladi vazirlik xabarida.
Uchinchi taklif – elektromobillarni yanada kengroq qo‘llash va ular uchun ko‘proq quvvatlovchi stansiyalar o‘rnatiladi. Bugungi kunda mamlakatimizda 26 mingga yaqin elektromobil mavjud. Yaqin orada ular uchun 123 ta stansiya o‘rnatiladi.