Apple’ning bozor qiymati taxminan 400 milliard dollar yo‘qotdi
Amerikaning Apple kompaniyasi aksiyalarining keskin pasayishi uning bozor qiymatini 383 mlrd dollarga pasaytirdi, deb xabar berdi Bloomberg.
Dunyoning eng yirik banklaridan biri Barclays reytingini pasaytirgani sababli kompaniya qimmatli qog‘ozlari qiymati 4,6%ga tushib ketdi. Shuningdek, tahlilchilar kompaniya mahsulotlari – iPhone, Mac va iPad sotuvining sekinlashganini qayd etishdi.
Amerikaning yana bir yirik kompaniyasi – elektromobil ishlab chiqaruvchi Tesla aksiyalari so‘nggi to‘rt kun ichida 8%dan ko‘proq yo‘qotdi.
Seshanba kuni Tesla 2023-yilning to‘rtinchi choragida mutaxassislar kutganidan ko‘proq elektromobillar sotilganini e’lon qilgan bo‘lsa-da, Xitoyning BYD kompaniyasi uch oy davomida ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha yetakchi bo‘ldi.
«Kursiv» Apple‘ning yangi gadjetlari bozorda paydo bolis‘hini yozgan edi.