FVV: O‘zbekistonda favqulodda vaziyatlar soni 34%ga kamaydi

eʼlon qilindi
Yil davomida yigirmaga yaqin yong‘in-qutqaruv qismlari qurilib, ta’mirlandi
Foto: IgorVetushko/ depositphotos.com

O‘zbekistonda 2023-yil yakuniga ko‘ra favqulodda vaziyatlar soni qariyb uchdan birga – 34%ga kamaydi, dedi FVV rahbari Furqat Abduqodirov.

Yil davomida 12 yong‘in-qutqaruv qismlari qurildi. Yana to‘rtta obyekt ta’mirlandi. Vazirlik 50’ga yaqin o‘t o‘chirish mashinasi va maxsus texnika xarid qildi.

Qutqaruvchilar 200dan ortiq sel toshqini mashqlarini o‘tkazishdi va 105 kilometrdan ortiqroq kanallar va ariqlar tozalashdi.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston FVV rahbari o‘rinbosari Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangani haqida e’lon qilgan edi.

Shuningdek