Ichki ishlar vazirligi veb-saytga hujum bo‘lgani haqida xabarlarni rad etdi
eʼlon qilindi
Vazirlik portaliga gov.uz/iiv havolasi orqali kirish mumkin
O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov vazirlik sayti buzib kirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.
«Mazkur axborot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi»—deb yozdi o‘zining Telegram-kanalida.
G‘iyosov vazirlikning rasmiy portali gov.uz/iiv manzilida joylashganini ham ta’kidladi.
Bungacha ijtimoiy tarmoqlarda MSecurity.Pro xakerlari guruhi tomonidan boshqarmaning eski veb-sayti buzib kirilgani haqida ma’lumot tarqaldi. Toshkent vaqti bilan soat 14:40da iiv.uz manzilidagi portalga ulanishga harakat qilganda foydalanuvchi gov.uz/iiv saytiga yo‘naltiriladi.
Avvalroq, «Kursiv» Xitoydan kelgan xakerlar O‘zbekiston va Janubiy Koreyani nishonga olgani haqida yozgan edi.