Yangiliklar

“Islom davlati” Erondagi portlashlar uchun javobgarlikni o’z zimmasiga oldi

Fojiada 84 kishi halok bo‘ldi
Foto: IRNA

«Islom davlati» (ID) terrorchilik guruhi 3-yanvar kuni Eronning Kirmon shahrida sodir bo‘lgan ikkita portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi, deb yozadi Reuters.

Bu haqda ID o‘zining Telegram kanallarida xabar qoldirdi. Unda aytilishicha, guruhning ikki aʼzosi general Qosim Sulaymoniy qabriga toʻplangan olomon orasiga kirib borgan. Ular portlovchi kamarlarni ishga tushirishdi.

Sulaymoniy qabrida tadbir harbiy rahbar vafotining to‘rt yilligiga to‘g‘ri keldi. U Iroqda AQSH’ning uchuvchisiz samolyoti tomonidan o‘ldirilgan.

Amerika Qo’shma Shtatlari, o‘z navbatida, ID’ning portlashlarga aloqadorligi haqidagi da‘vosiga shubha qilmasligini aytdi.

Fojia oqibatida 84 kishi halok bo‘ldi. 284 kishi, jumladan, bolalar yaralangan.

Reuters qayd etishicha, 2022-yilda ID Erondagi shialar ziyoratgohiga uyushtirilgan hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan. Voqeada 15 kishi halok bo‘lgan. Besh yil avval, terroristik guruh Eron parlamenti va siyosiy, ma’naviy yetakchi Ruhulloh Xomeyni sharafiga o’rnatilgan yodgorlikni portlashlarga aloqadorligini aytgan.

Avvalroq, «Kursiv» Eron hukumati sodir etilgan portlashlarga «kuchli zarba» berishadi, deb xabar bergan edi.