Jizzaxda 3,5 ming shishadan ortiq qalbaki aroq musodara qilindi
eʼlon qilindi
Huquq-tartibot idoralari xodimlari jinoiy ish qo‘zg‘atgan
Jizzax viloyatida soxta aksiz markasi bilan 3,5 ming shishadan ortiq aroq sotilishiga chek qo‘yildi, deb xabar qildi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Aroq GOLD, Portveyn, «Talaya», «Juravli» va «Chistaya vodka» kabi alkogol markalari ostida sotishga harakat qilingan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan 125 quti tamaki mahsulotlari ham olib qo‘yildi.
Aksiz markalarini qalbakilashtirish fakti bo‘yicha O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda aroq ishlab chiqarish kamaygani haqida yozgan edi.