Kim Chen In ballistik raketa ishlab chiqarish zavodiga tashrif buyurdi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Zavod 2023-yil bo‘yicha ishlab chiqarish planini ortig‘i bilan bajardi
Foto: KMTA

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In qizi bilan taktik va strategik raketalar uchun mobil raketa uchirgichlar ishlab chiqaruvchi zavodga tashrif buyurdi, deya xabar bermoqda KMTA.

Tekshiruv chog‘ida Koreya Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasi Bosh kotibiga korxona 2023-yilga mo‘ljallangan ishlab chiqarish planini ortig‘i bilan bajarganligi haqida ma’lumot berildi.

Kim Chen In «Xvason-17» qit’alararo raketalari va «Xvason-18» qattiq yonilg‘i raketalari uchun uchirish moslamalarini ishlab chiqarish muhimligini ta’kidladi.

KXDR rahbari zavod quvvatini oshirishni buyurdi va kelgusi yil rejalarini belgilab berdi.

Avvalroq, «Kursiv» KXDR tomonidan o‘qqa tutilgani sababli Janubiy Koreya hukumati Sariq dengizdagi Yonpxyondo orolidan fuqarolarni evakuatsiya qilayotgani haqida e’lon qilgan edi.

Shuningdek