Microsoft kompyuterlarga SI tugmachasini qo‘shadi
eʼlon qilindi
U turli xil dasturlarda, jumladan Word va Excel'da ishlatilishi mumkin

Microsoft 30 yil ichida birinchi marta Windows 11 kompyuterlarida klaviatura tartibini o‘zgartiradi. Yangilangan klaviaturada Copilot sun’iy intellekt tugmachasi bo‘ladi.
SI tugmachasini funksiyalarini yoqish uchun Microsoft 365 Copilot vositasini ishlatadi. U turli xil dasturlarda, jumladan Word va Excel’da ishlatilishi mumkin.
Avvalroq, 2023-yilda yirik texnologiya kompaniyalari venchur fondlardan ko‘ra sun’iy intellektni rivojlantirishga ko‘proq qiziqish bildirgani xabar qilingan edi. Shunday qilib, Microsoft, Google va Amazon bozorga taxminan 17 mlrd dollar sarmoya kiritdi.