Microsoft 30 yil ichida birinchi marta Windows 11 kompyuterlarida klaviatura tartibini o‘zgartiradi. Yangilangan klaviaturada Copilot sun’iy intellekt tugmachasi bo‘ladi.
SI tugmachasini funksiyalarini yoqish uchun Microsoft 365 Copilot vositasini ishlatadi. U turli xil dasturlarda, jumladan Word va Excel’da ishlatilishi mumkin.
Avvalroq, 2023-yilda yirik texnologiya kompaniyalari venchur fondlardan ko‘ra sun’iy intellektni rivojlantirishga ko‘proq qiziqish bildirgani xabar qilingan edi. Shunday qilib, Microsoft, Google va Amazon bozorga taxminan 17 mlrd dollar sarmoya kiritdi.