Yangiliklar

O‘zbekistonda poyezd chiptalari 20 foizga qimmatlashadi

oriy yilning yanvar oyining o'rtalaridan boshlab
Foto: Piqsels

Joriy yilning 20-yanvaridan O‘zbekistonda «Afrosiyob», «Nasaf», «O‘zbekiston» va «Sharq» poyezdlari uchun chiptalar narxi 20 foizga oshiriladi, deb xabar berdi «O‘zbekiston temir yo‘llari».

Xususan, «Toshkent – Buxoro – Toshkent» yoʻnalishi boʻyicha «Afrosiyob» ekonom klassidagi chiptalar narxi 336 ming soʻmgacha, biznes va VIP klassdagilar mos ravishda 462 ming va 636 ming soʻmgacha qimmatlashadi.

«Toshkent – Qarshi – Toshkent» yoʻnalishi boʻyicha chiptalar narxi 282 ming soʻm (ekonom-klass), 390 ming soʻm (biznes klass) va 534 ming soʻmni tashkil qiladi (VIP klass).

«Toshkent – Samarqand – Toshkent» yo‘nalishida ekonom-klass uchun chipta narxi 204 ming so‘mgacha, biznes-klass uchun – 276 ming so‘mgacha, VIP-klass uchun – 396 ming so‘mgacha oshiriladi.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, ushbu chora yoqilg’i va elektr energiyasi xarajatlarini qoplash, shuningdek, stansiyalarni saqlash uchun zarur.

Avvalroq, «Kursiv» Zufar Narzullaev «O‘zbekiston temir yo‘llari» boshqaruvi raisi etib tayinlangani haqida yozgan edi.