Qozog‘iston xorijliklar uchun turistik soliqni butunlay bekor qildi. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zgartirishlar 2024-yil 9-yanvardan kuchga kiradi. Ma’lumot uchun: avval, respublikada 0,2 dan 0,5 minimal hisoblash ko’rsatkichigacha (18,7 ming so‘mdan 46,8 ming so‘mgacha) qat’iy belgilangan stavka mavjud edi.
Ushbu turdagi to‘lov o‘tgan yilning boshida joriy qilingan – uning o‘lchami turistlar qoladigan mehmonxona xonasi narxiga bog‘liq edi.
AvvalIroq, Indoneziya hukumati bu yildan boshlab Baliga tashrif buyuruvchilar uchun turistik soliq joriy qilmoqchi ekani xabar qilingan edi. Uning hajmi 10 dollarni tashkil qiladi.