Yangiliklar

Tesla Xitoydan 1,6 mlndan ortiq elektromobilni qaytarib oldi

“Avtopilot” tizimidagi nosozliklar tufayli
Foto: Unsplash

Tesla’ning «Avtopilot» tizimidagi muammolari tufayli Xitoyda sotilgan deyarli barcha elektromobillarni qaytarib oldi, deb xabar berdi Bloomberg.

AQSH kompaniyasi 2014-yil avgustidan 2023-yil dekabriga qadar ishlab chiqarilgan 1,6 mlndan ortiq avtomobillarga proshivka o‘zgartirishlar kiritish niyatida.

Xitoy regulyatoriga ko‘ra, avtopilotdan ortiqcha foydalanish yo‘llarda ayanchli hodisalarga olib kelishi mumkin.

Bloomberg ta’kidlashicha, Tesla avtopiloti yuzlab to’qnashuvlardan so‘ng tekshirilmoqda, ularning ba’zilari olimga olib kelgan.

Avvalroq, «Kursiv» Tesla 2023-yilning to‘rtinchi choragida birinchi marta ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha yetakchilikni Xitoyning BYD kompaniyasiga boy berganini yozgan edi.