Yaponiyadagi zilzila qurbonlari soni 80 kishidan oshdi

eʼlon qilindi
200dan ortiq inson bedarak yo‘qolgan deb hisoblandi
Foto: Getty Images

Yanvar oyi boshida Yaponiyaning Noto yarim orolida sodir bo‘lgan qator zilzilalar kamida 84 kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Odamlar soni yana oshishi mumkin, chunki 242 nafar mahalliy aholi hanuz bedarak yo‘qolganlar , deb yozadi Bloomberg.

Rasmiylar avvalroq, vayronalar ostida qolib ketgan insonlarni 72-soat ichida topish kerakligini, aks holda ularning tirik qolishi ehtimoli juda pasayadi, deb e’lon qilgan edi. Sinoptiklarning tabiiy ofat hududida yomg‘ir yog‘ishini prognoz qilishlari vaziyatni yanada og‘irlashtirmoqda. Ko‘chkilar yuzaga kelishi xavfi ortadi.

Payshanba kuni 80-yoshli ayol vayronalar ostidan qutqarib olindi. U uch kun davomida o‘zining vayron bo‘lgan uyi ostida qolgan edi.

Nomura tadqiqot instituti maʼlumotlariga koʻra, soʻnggi zilzilalardan koʻrilgan zarar 800 mlrd yapon yeni (5,5 mlrd dollar)ga baholanmoqda.

Avvalroq, «Kursiv» yanvar oyida Yaponiyadagi zilzilalar haqida yozgan edi.

Shuningdek