Chiqindi bo‘yicha qarzdorlar elektr energiyasiz o’tirishadi
O‘zbekistonda chiqindi tashlash bo‘yicha qarzdorlik bo‘lsa, elektr energiyasi uchun to‘lovlar cheklanadi. Bu norma prezident Shavkat Mirziyoyevning «Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy ta’sirini kamaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarorida belgilab qoʻyilgan, deb xabar qildi Adliya vazirligi.
«Oddiy aytganda, axlat uchun pul to‘lamagan qorong‘ida o‘tiradi»- deb yozdi Energetika vazirligi matbuot kotibi Hasan Toshxo‘jaev.
2024-yil iyun oyidan boshlab yangi tartib birinchi bosqichda Toshkent, Nukus va viloyatlar markazlarida ishlay boshlaydi. Axlatni olib tashlash uchun olti oylik qarzlar mavjud bo’lsa, elektr energiyasi uchun to’lov cheklanadi.
Noyabr oyidan boshlab bu norma butun O‘zbekiston bo‘ylab amal qiladi va uch oy davomida chiqindi uchun pul to‘lamaganlar elektr energiyasi uchun to‘lov kirita olmaydi. 2025-yildan boshlab cheklovlarga tushib qolish uchun bir oy qarzdor bo‘lish kifoya qiladi.
Avvalroq, «Kursiv» poytaxt xalq deputatlari Kengashi chiqindilarni yig‘ish bo‘yicha tariflarni oshirishga qaror qilgani haqida yozgan edi.