Dollar haftani o‘sish bilan yakunladi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Valyuta birjasidagi fyucherslar ham oshib bormoqda
Foto: Tihon6 / depositphotos.com

Haftaning so‘nggi ish kunida dollar kursi ko‘tarildi. Amerika valyutasi juma kuniga nisbatan 28,84 so‘mga qimmatlashdi. Valyuta birjasida o‘rtacha kurs 12 384 so‘mga ko‘tarildi. Markaziy bank ham xuddi shunday kurs belgiladi.

Tijorat banklari 6-yanvar kuni kassalarda dollarni 12 295 – 12 355 so‘m oralig‘ida sotib olib, 12 400 – 12 455 so‘mdan sotmoqda.

Valyuta fyucherslari ham ko‘tarildi. 25-yanvar kuni eksperatsiya bo‘lgan shartnomalar 12 439,32 so‘mni tashkil etadi. Fevral fyucherslari narxi 12 520,29 so‘mga, mart fyucherslari esa 12 620,57 so‘mga ko‘tarildi.

Shuningdek