O‘zbekiston Markaziy banki «Kyongnam banki»ning mamlakatdagi vakolatxonasi akkreditatsiyasini bekor qildi, deb xabar beradi regulyator saytida.
Janubiy Koreya banki o‘z istagi bilan O‘zbekiston bozorini tark etdi, deya aniqlik kiritdi Markaziy bank. Tashkilot boshqaruv qo’mitasi tegishli qaror qabul qildi.
Xorijiy moliya institutining vakolatxonasi O‘zbekistonda 2021-yilda akkreditatsiyadan o‘tgan. Muassasada O‘zbekiston banklari bilan hamkorlik qilish, mijozlarning moliyaviy savodxonligini oshirish, Koreya tajribasini sohaga joriy etish rejalashtirilgan edi.
2022-yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida Kyongnam Bank boshqaruvi raisi Choy Xong Yong boshchiligidagi delegatsiya bilan muzokaralar o‘tkazilgan edi. Yig‘ilishda O‘zbekistonda moliya muassasasining sho‘ba kompaniyasini ochish rejalari tilga olingan edi, biroq reja amalga oshmadi.