O‘zbekistonga vodorod avtobuslari jo‘natiladi. Bu haqda ommaviy axborot vositalarida ma’lumotlar tarqaldi. Bu maʼlumotni Kursivga Energetika vazirligi tasdiqladi.
Loyiha ACWA Power (Saudiya Arabistoni) bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Avvalroq, «Kursiv» ACWA Power va Xitoyning PowerChina kompaniyalari O‘zbekistonda toza vodorod ishlab chiqaruvchi zavod qurishni boshlagani haqida xabar bergan edi. Mazkur korxona Markaziy Osiyodagi birinchi shunday loyiha bo‘ladi. Zavod yiliga 3 ming tonna yashil vodorod ishlab chiqaradi.