Yakshanba kuni O‘zbekistonda yomg‘irli bo‘ladi
6-yanvar, shanba kuni O‘zbekiston hududiga salqin va nam havo bostirib kirishi kutilmoqda, deb xabar berdi «O‘zgidromet».
Shanba kuni kechqurun Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Boshqa hududlarda havo issiq, harorati 16-18° iliq bo‘ladi.
Yakshanba kuni salqin havo butun mamlakat bo’ylab tarqaladi. Joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin.
«Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Kunduzgi havo harorati 9-14o iliqqacha pasayadi»,— qayd etishdi sinoptiklar .
Avvalroq, «Kursiv» 5—9-yanvar kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarida ob-havoning yomonlashuvi tufayli qor ko‘chishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.