Yangiliklar

Avstraliya, Suriya va Hindiston Osiyo Kubogida O‘zbekiston bilan bir guruhda

Birinchi o‘yin 13-yanvar kuni soat 22:30 boshlanadi
Foto: O‘FA

Qatar 2023-yilgi Osiyo Kubogiga mezbonlik qiladi. Futbol bayrami 12-yanvardan 10-fevralgacha davom etadi.

O‘zbekiston terma jamoasi «B» guruhidan joy olib Avstraliya, Suriya va Hindiston bilan birga. Jamoamiz 13-yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 22:30 da Jassim Ibn Hamad stadionida Suriya terma jamoasi bilan bahs olib boradi.

18-yanvar kuni soat 19:30 futbolchilarimiz Ahmad Ibn Ali futbol maydonida Hindistonga qarshi bahs olib borishadi.

Va guruh bosqichini oxirgi turida, 23- yanvar kuni soat 16:30 Avstraliya terma jamoasiga qarshi sportchilarimiz to‘p surishadi.

O‘zbekiston terma jamoasi 2-yanvar kuni Qatarga uchib kelgan va mashg‘ulotlarni boshlagan.

Aytish joizki, 2023-yilning 16-iyundan 16-iyuliga qadar Xitoyda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan Osiyo Kubogi COVID-19 pandemiyasi sabab bo‘lgan holatlar tufayli noma’lum muddatga qoldirilgan edi. Xitoyning «Zero-Covid» siyosati turnirni ushbu mamlakatda o’tkazishdan bosh tortishiga sabab bo‘lgan edi. Biroq, 2022-yilning 14-may kuni Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) turnirning 2024-yil 12-yanvardan 10-fevralgacha bo‘lgan muddatga Qatarga o‘tkazilishini e’lon qildi.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston futbolchilari Falastin terma jamoasini mag‘lub etishdi, deb xabar bergan edi.