Germaniyaliklarning uchdan ikki qismi Sholsning kansler lavozimidan ketishi tarafdori
Germaniyaliklarning 64,3 foizi mamlakatning amaldagi kansleri Olaf Sholsning oʻz lavozimidan ketishi va uning oʻrniga Mudofaa vaziri Boris Pistoriusning kelishini istaydi. Bu INSA instituti tomonidan oʻtkazilgan va 1004 nafar fuqaro ishtirok etgan tadqiqot natijasida maʼlum boʻldi.
Avvalroq mahalliy gazetalarning ayrimlari Sholsning tez orada isteʼfoga chiqishi mumkinligi haqida yozgan edilar. Bu uning partiyasi reytingi keskin tushib ketgani bilan bogʻliq. Qayd etilishicha, siyosatchini qoʻllab-quvvatlash darajasi 2023-yilning oʻzida 20 foizdan 15 foizga pasaygan. Kansler lavozimini esa katta ehtimol bilan Boris Pistorius egallashi taxmin qilingan.
Sholsning reytingi tushib ketishiga «Wirecard» kompaniyasi bilan bogʻliq shou-shuvli janjal sabab boʻlgan. 2020-yilda, amaldagi kansler Moliya vaziri sifatida faoliyat yuritgan vaqtda «Wirecard» kompaniyasi 1,9 milliard yevro qiymatidagi ish bilan firibgarlikda ayblangan. Moliya vazirligi esa korporatsiyani himoya qilishga uringan.