Humo Air Samarqanddan Urganchga aviaqatnovlarni boshladi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Mazkur yoʻnalishdagi ilk parvoz 7-yanvar kuni amalga oshirildi
                    
                            
Humo Air aviakompaniyasi joriy yilning 7-yanvar sanasidan boshlab Samarqand – Urganch – Samarqand yoʻnalishida aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻydi. Bu haqida Transport vazirligi matbuot xizmati maʼlum qildi.
Aviaparvozlar haftaning har chorshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Bir tomonga uchish chiptasi narxi 159,4 ming soʻmdan boshlanadi.
Avvalroq, Humo Air aviakompaniyasi Toshkentdan Fargʻonaga qatnovlarni yoʻlga qoʻygani xabar qilingan edi.
