O‘zbekiston va Qozog‘iston savdo to‘siqlarini olib tashlashmoqchi

eʼlon qilindi
Shu maqsadda Toshkent va Ostona tomonidan ishchi guruh tashkil etilmoqda
Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

O‘zbekiston va Qozog‘iston savdo to‘siqlarini bartaraf etish niyatida va bu muammoni hal qilish uchun ishchi guruh tuzadi.

Bu haqda O‘zR investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov va Qozog‘iston savdo va integratsiya vazirligi rahbari Arman Shakkaliev kelishuvga erishdi.

Uchrashuvda ikki davlat vakillari 2016-2023-yillarda tovar ayirboshlash qariyb 2,5 barobarga oshib, 4,6 milliard dollarga yetganini qayd etdi.Toshkent va Ostona o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 10 milliard dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yilda o‘zbekistonlik investorlar Qozog‘iston iqtisodiyotiga 42,2 mln dollar, qozog‘istonlik investorlar esa 331 mln dollardan ortiq sarmoya kiritishgan.

Avvalroq, «Kursiv» o‘tgan yilning noyabr oyida Qozog‘iston O‘zbekistonga innovatsion kabellar yetkazib bera boshlagani haqida yozgan edi.

Shuningdek