Lanzhou Guangtong kompaniyasi Andijonda elektrobuslar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻymoqchi

eʼlon qilindi
Loyiha $100 millionga baholangan
Foto: Lanzhou Guangtong

Xitoyning Lanzhou Guangtong New Energy Automobile kompaniyasi Andijonda elektrobuslar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishi mumkin.

Shu maqsadda XXRdan tashrif buyurgan kompaniya rahbariyati vakillari va Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov oʻrtasida memorandum imzolangan. Korxonaga kiritiladigan sarmoya hajmi $100 millionga baholanmoqda.

Kompaniya Andijonda elektroskuterlar ishlab chiqaruvchi korxonani ishga tushirishni ham reja qilgan. Loyihaga kiritiladigan sarmoya hajmi $100 millionni tashkil etadi.

Maʼlumot uchun, «Lanzhou Guangtong» kompaniyasiga 2017-yilning mart oyida asos solingan. Kompaniya bugungi kunda ichki yonuv dvigateli bilan ishlovchi avtobuslar hamda «yashil» jamoat transportlarini ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi.

Lanzhou Guangtong shuningdek, taksi avtomobillari, akkumulyator batareyalari va boshqa turdagi mahsulotlarni ishlab chiqaradi.

Avvalroq, «Kursiv» Xitoyning Cashway Fintech kompaniyasi Andijonda lift qurilmalarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻymoqchi ekanligi haqida yozgandi.

Shuningdek