Oʻzbekiston Bosh konsuli Dubaydagi missiyasini yakunlamoqda

eʼlon qilindi
U mazkur lavozimida 5 yil ishladi
Foto: «Dunyo» AA

Oʻzbekistonning Dubaydagi Bosh konsuli Alisher Salomov BAA TIV Dubay boʻlimi rahbari oʻrinbosari Rashid Abdulla al-Kasir bilan uchrashdi. Bu haqida «Dunyo» AA xabar berdi.

Uchrashuv Salomovning diplomatik missiyasi yakunlanishi mavzusiga bagʻishlandi. Unda ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlar muhokama qilindi. Shuningdek, BAA vakili Salomovga samarali hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirdi.

Taʼkidlash kerakki, Salomov Dubayda Bosh konsul lavozimida 5 yil mobaynida faoliyat olib bordi.

Avvalroq, «Kursiv» Oʻzbekistonning Ispaniyadagi elchisi Jahongir Gʻaniyevning diplomatik missiyasi yakunlangani haqida maʼlum qilgandi.

Shuningdek