OpenAI kompaniyasi joriy haftada ChatGPT’ning foydalanuvchilar uchun moʻljallangan maxsus versiyalari sotiladigan onlayn doʻkonni ishga tushiradi, deb xabar berdi Bloomberg.
Ushbu yangilik foydalanuvchilarga ixtisoslashtirilgan, misol uchun bolalarga matematikani oʻrgatuvchi chat-botlarni sotish imkonini beradi.
Avvaliga savdo maydonini 2023-yilning oxirlarida ishga tushirish rejalashtirilgan edi, ammo OpenAI belgilangan muddatni ortga surishga qaror qilgan. Bunga kompaniya bosh direktori Sem Altmanning ishdan ketishi, keyin esa ishga qaytib kelishi sabab boʻlgan.
ChatGPT OpenAI kompaniyasi tomonidan 2022-yilning noyabr oyida ishlab chiqilgan. Ushbu tizim savollarga javob berish va turli tillarda matnlar yaratish imkoniyatiga ega.
Oʻzbekistonliklar oʻtgan yilning noyabr oyi boshlaridan ChatGPTdan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlgandilar. Foydalanuvchilar uchun premium obuna narxi bir oyga 20 dollarni tashkil etadi.
Avvalroq «Kursiv» oʻtgan yilning bahor faslida Samsung kompaniyasi oʻz xodimlariga ish vaqtida chat-botlardan foydalanishni taqiqlagani haqida yozgandi.