O‘zbekiston Markaziy Osiyoda benzin‘ni aholiga eng qimmat sotuvchi davlat
GlobalPetrolPrices platformasi ma’lumotlariga koʻra, Oʻzbekiston benzinning arzonligi boʻyicha dunyoda 57-oʻrinni egalladi. Bu Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng past ko‘rsatkichdir.
1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda AI-95 benzinining narxi bir litri uchun 13,8 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, dunyoda uning narxi 16 ming so‘mga yetadi. Shunga qaramay, O‘zRda yoqilg‘i narxi Markaziy Osiyo mintaqasining boshqa mamlakatlariga nisbatan yuqoriligicha qolmoqda.
Taqqoslash uchun, Turkmanistonda AI-95 benzinining bir litri 5,2 ming so‘m, Qozog‘istonda 6,6 ming so‘m, Qirg‘izistonda 9,9 ming so‘mni tashkil etadi. Afg‘onistonda yoqilg‘i o‘zbek benzinidan unchalik arzon emas – 13,1 ming so‘m.
Avvalroq, O‘zbekistonda AI-80 benziniga nol aksiz solig‘i bekor qilingani ushbu yoqilg‘i narxining oshishiga sabab bo‘lgan edi. UNG Petro yoqilg‘i quyish shoxobchalarida ushbu yoqilg‘ining bir litri narxi 6,8 ming so‘mga yetdi.
Bundan tashqari, Energetika vazirligi xususiy yoqilg‘i quyish shoxobchalarida narxlarni tartibga solish uchun yoqilg‘ining maksimal narxini belgilash zarurligini ta’kidladi.