O‘zbekiston vakili eng zo‘r 100 nafar me’mor ayol qatoriga kiritildi
Britaniya me’morlari Qirollik instituti o‘zbekistonlik Taxmina Turdaliyevani dunyoning 100 nafar me’mor ayollar faoliyati haqidagi kitobga kiritdi, deb xabar beradi O‘zA.
Kitob taqdimoti 23-yanvar kuni Buyuk Britaniyada bo‘lib o‘tadi.
Turdalievaning loyihalari orasida Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi binosi va Zamonaviy san’at markazining yozgi hovlisini rekonstruksiya qilish ham bor. Ikkala ob’ekt ham O’zbekistonda joylashgan.
Turdaliyeva Toshkent arxitektura-qurilish instituti bitiruvchisi, O‘zbekiston prezidenti stipendiyasi sovrindori. Shuningdek, u TT Design Laboratory arxitektura kompaniyasi asoschisi hisoblanadi.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston vakili, DBLA gibrid ishlab chiqarish studiyasi asoschisi va prodyuseri Anastasiya Li «Osiyo Kannlari» hakamlar hay’ati tarkibiga ilk bor qo‘shilganini yozgan edi.