O‘zbekistonda hafta o‘rtasida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
eʼlon qilindi
Yog‘ingarchilik barcha hududlarda kutilmoqda

11-yanvar, payshanba kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, deb xabar berdi «O‘zgidromet».
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida 9-yanvar kuni kechasi 0…+5°, kunduzi +10…+15° iliq bo‘lishi kutilmoqda.
10-yanvar kuni ushbu hududlarda havo harorati kechasi +2…+7°, kunduzi +13…+18° gacha ko‘tariladi. Ertasi kuni havo harorati kechasi +2…+7°, kunduzi +10…+15° bo‘ladi.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonning Toshkent va Namangan viloyatlarida 5—9-yanvar kunlari qor ko‘chishi kutilayotgani haqida yozgan edi.
Mavzu bo'yicha materiallar