Shimoliy Koreya provokatsiyalarga javoban harbiy zarba beradi, 7-yanvar yakshanba kuni mamlakat Mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Kim Yo Chjon aytdi.
Bu bayonot Shimoliy Koreyaning Sariq dengizni navbatdagi o’qqa tutishi fonida yangragan. 6-7-yanvar kunlari armiya 150 dan ortiq snaryadlarni otdi.
Eslatib o‘tamiz, 5-yanvar kuni Shimoliy Koreya qo‘shinlari Janubiy Koreyaning bir qancha orollarini o‘qqa tutdi. Bunga javoban Janubiy Koreya 400 ta snaryad otdi.
Bu ikki davlat o‘rtasidagi mojaro birinchi bor emas. 2010-yilda Shimoliy Koreyaning o‘q otishi natijasida bir necha janubiy koreyalik halok bo‘lgan, o‘nlab odamlar yaralangan.
Avvalroq, «Kursiv» Shimoliy Koreya rasmiylari Janubiy Koreya bilan birlashmaslikka qaror qilgani haqida e’lon qilgan edi.