Transport vazirligi shaharlararo yo‘nalishlar bo‘yicha tender e’lon qildi

eʼlon qilindi
7-feral kuni tender bo‘lib o‘tadi
Foto: Transport vazirligi

Transport vazirligi shaharlararo va viloyatlararo avtobus yo‘nalishlarini tashkil etish bo‘yicha tender o‘tkazmoqchi.

Tanlov joriy yilning 7-fevral kuni e-tender.uztrans.uz portalida o‘tkaziladi. Xususan, G‘ijduvondan Zarafshonga va Toshkentdan Sherobodga reyslar sotuvga qo‘yiladi.

Vazirlikning qayd etishicha, tenderda ishtirok etish uchun uning ishtirokchilari 102 ming so‘m yoki bazaviy hisoblangan summaning 30%ni Transport vazirligi hisob raqamiga to‘lashlari kerak.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qo‘shni davlatlarga avtobuslar qatnovini ikki baravar oshirishni topshirganini yozgan edi.

Shuningdek