«Arzon Dorixona» litsenziyasi bekor qilindi
eʼlon qilindi
Sud qarori asosida
Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi «Arzon Dorixona» dorixonalar tarmog‘ining litsenziyasini bekor qildi, deb xabar berdi «O‘zfarmkontrol».
Boshqarma maʼlumotlariga koʻra, dorixonalaridan birida muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlmagan 25 ta dori vositasi topilgan.
Ushbu dorilar Davlat roʻyxatidan oʻtmaganligi ham ma’lum bo‘ldi
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda bozorlarda xavfli Pokiston siroplari borligini inkor qililgani haqida yozgan edi.