Fransiya bosh vaziri Elizabet Born iste’foga chiqishi haqida ma’lum qildi

eʼlon qilindi
Immigratsiya haqidagi qattiqroq qonun qabul qilingandan keyin
Foto: Euronews

Yelisey saroyi xabar berishicha, 2022-yil may oyidan beri Fransiya hukumatini
boshqarib kelayotgan Elizabet Born iste’foga chiqdi.

Fransiya rasmiylarining bayonotida mamlakat prezidenti Emmanuel Makron
Bornning iste‘fosini qabul qilganligi qayd etilgan.

Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibi tayinlangunga qadar hukumatning sobiq
rahbari avvalgi vazifalarini bajarishda davom etadi.

Born deyarli ikki yil davomida bosh vazir bo’lib faoliyat olib borgan. Ilgari u chet el
hududlar, mehnat va bandlik, ekologik o’zgarishlar fransuz idoralariga rahbarlik
qilgan.

«Kommersant» nashri Bornning immigratsiya to’g’risidagi yangi, qattiqroq qonun
qabul qilinganidan so’ng iste’foga chiqayotganiligiga e’tibor qaratdi.

«Kursiv» O’zbekistonning Fransiyadan Dassault Rafale qiruvchi samolyotlarini sotib olish rejalari haqida yozgan edi.

Shuningdek