Mashhur kompyuter o’yinlari bazaviy dasturiy ta’minotchisi 1.8 ming xodimini ishdan bo’shatadi

eʼlon qilindi
Kompaniya oldinroq deyarli 12% ga shtatini qisqartirgan edi
Foto: IXBT.com

Bloomberg agentligi xabar berishicha, Unity texnologik kompaniyasi 1.8 ming
kishini ishdan bo’shatishni rejalashtirmoqda.

Kompaniyaning so’zlariga ko’ra, bu harakat Unity «qayta ishga tushirish» ning bir
qismidir. Kompaniya rahbariyati ilgari ham xodimlar sonini 2023-yil may oyida — 8%ga, noyabrda — 3,8%ga qisqartirgan.

O’tgan yili Unity xizmatlar narxining oshishi haqida xabar bergan edi, ammo
mijozlar tanqidlari tufayli firma o’z rejasidan voz kechgan edi.

Unity 2004-yilda Kopengagenda tashkil etilgan bo’lib,  Kompaniya smartfonlar,
kompyuterlar va o‘yin konsollarida ishlaydigan xuddi shu nomdagi o‘yin dvigatelini
ishlab chiqish va qo’llab-quvvatlash bilan shug‘ullanadi.

Xususan, Unity dvigateli Genshin Impact, Call of Duty: Mobile, Hearthstone,
Pokemon Go va Marvel Snap kabi o‘yinlarda ishlatiladi.

Avvalroq, «Kursiv» musiqiy striming xizmati Spotify 1,5 ming ishchini ishdan bo’shatishni rejalashtirayotgani haqida e’lon qilgan edi.

Shuningdek