O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun 34 turdagi ma‘lumotnomalar va hisobotlar bekor qilinadi. Bu haqda taqdimotda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ma’lum qilindi.
Buning samarasida 21 mingdan ortiq tadbirkor har yili 500 mln so‘m mablag‘ni tejash imkonini beradi.
Bundan tashqari, davlat rahbari 16 turdagi litsenziya va ruxsatnomalarni bekor qilish orqali yagona hisobot tizimini joriy etish, tadbirkorlarga qoʻyiladigan talablarni kamaytirish boʻyicha topshiriq berdi.
Shuningdek, 2024-yilda O‘zbekistonda 2 mln kishi tadbirkorlikka jalb etilishi ma’lum qilindi. Bunga erishish uchun yangi moliyaviy vositalar va mikromoliyalash tizimi joriy etiladi.