O’zbekiston Respublikasiga birinchi bor chiqindi tashiydigan elektromobil olib kelindi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Elektromobil Jizzax viloyatida qo‘llaniladi
Foto: Ekologiya vazirligi

Mamlakatimizga axlatni olib chiqish uchun birinchi elektromobil olib kelindi.
Bu haqda Ekologiya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Elektr transport vositasi Xitoydan Eco House chiqindilar klasteri tomonidan olib
kelingan bo’lib, u Jizzax viloyatiga foydalanishga topshiriladi.

Avtotransport Xitoyning Chengdu China Technology Co Ltd kompaniyasi bilan
birgalikda yetkazib berildi. Yangi maxsus uskunalar zararli chiqindilarni chiqarmaydi
va atrof-muhitga zarar yetkazmaydi.

EcoHouse rahbari Jahongir Xudoyberdiyevning so‘zlariga ko‘ra, avtotransport 300
km masofani to‘liq quvvat bilan bosib o‘tib, uch tonnagacha yukni ko’tara oladi.

Eslatib o’tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyida vazirlik O‘zbekiston viloyatlariga 30 ta
Isuzu markali axlat tashiydigan mashinalarni topshirgan edi.

Shuningdek