O‘zbekiston xorijga misni kamroq eksport qila boshladi
2023-yilda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan xorijga mis mahsulotlari eksporti 56,9 ming tonnani tashkil etib, 2022-yilga nisbatan 24,3 foizga kamdir. Rux eksporti 41,6 tonnani tashkil etdi (hajmi 29,2 foizga pasaydi).
Aytish joizki, 2022-yili horijga qilingan mis mahsuloti eksporti 75,2 tonnani tashkil qilgan edi. Rux mahsuloti esa 58,7 tonnani ko‘rsatgan edi.
Ma’lum bo’lishicha, eksportning kamayishi zavod rejasiga kiritilgan. OKMK maʼlumotlariga koʻra, o‘tgan yilgi plan belgilangan eksport prognozi oshig‘i bilan bajardi. 2023-yilga mo‘ljallangan mahsulot eksporti prognozi 645,4 ming dollarni tashkil etdi, bu rejaga nisbatan 2,6 foizga ko‘pdir.
Avvalroq, «Kursiv» OKMK yarim milliard dollarlik mahsulot eksport qildi, deb xabar bergan edi.