O‘zbekiston Saudiya kompaniyalari bilan birgalikda Sirdaryo – Baxt aylanma yo‘lini qurish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar berdi O‘zbekiston Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi.
Bu masala qoʻmita vakillari hamda yoʻl qurilishiga ixtisoslashgan «Al Bawani» va «Sajco» kompaniyalari tomonidan muhokama qilindi.
Sirdaryo – Baxt yo‘lining uzunligi 38 km’ni tashkil etadi.
Uchrashuv yakunida saudiyalik mutaxassislar mahalliy infratuzilmani tekshirish maqsadida Sirdaryo viloyatiga borishga qaror qilishdi.
Avvalroq, «Kursiv» Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistondagi qishloq yo‘llarini ta’mirlash uchun 240 mln dollar ajratishini yozgan edi.