Vision Invest kompaniyasi “Yangi Toshkent” aeroportining smetasini tuzishda yordam beradi

eʼlon qilindi
Tegishli shartnoma imzolandi
Foto: Transport vazirligi

Saudiyaning Vision Invest kompaniyasi Yangi Toshkent aeroportini rivojlantirish bo‘yicha xarajatlar smetasini tayyorlashga yordam beradi, deb xabar bermoqda Transport vazirligi.

Bu haqda transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Chorievning Saudiya Arabistoniga tashrifi doirasida kelishuv imzolandi.

Vision Invest 2002-yilda tashkil etilgan bo‘lib, xususiy va davlat sektoriga investitsiyalar bilan shug‘ullanadi. Kompaniya portfeliga energetika, logistika va transport sohalaridagi loyihalar kiradi.

O‘tgan yilning noyabr oyi o‘rtalarida Vision Invest O‘zbekiston poytaxtida mintaqaviy vakolatxonasi ochilganini e’lon qilgan edi.

Avvalroq, «Kursiv» Saudiya kompaniyalari Sirdaryo – Baxt yo‘li qurilishida yordam bermoqchi ekanligini yozgan edi.

Shuningdek