Xitoy yuandan butun dunyo foydalanishini istayapti
Xitoy Xalq banki yuanning butun dunyoda qoʻllanilishi uchun maxsus mexanizmlar va infratuzilma ishlab chiqishni rejalashtirmoqda. Bu haqida tashkilot vakili Li Bin «Sinxua» agentligiga bergan intervyusi vaqtida aytib oʻtdi.
Uning taʼkidlashicha, bankning ayni vaqtdagi asosiy maqsadi – «moliya bozorining har tomonlama institutsional ochiqligini taʼminlash»dan iborat. Moliya instituti shuningdek, ehtimoliy xavf-xatarning oldini olish vositalari turli-tumanligini taʼminlash va sarmoya kiritish uchun qulay muhit yaratishni rejalashtirmoqda.
Maʼlumot uchun, 2023-yilning 11 oyi davomida yuanda amalga oshirilgan transchegaraviy operatsiyalar hajmi 48 trilliondan oshgan (oʻrtacha $6,76 trln). Bu oʻtgan yilda qayd etilgan koʻrsatkichlardan 24 foizga koʻproqdir. Avvalroq, «Kursiv» Xitoy valyuta zaxirasini oshirayotgani haqida yozgandi.